AQShda o‘tkaziladigan Xurford yoshlar stipendiyasi (Hurford Youth Fellows) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda butun dunyodan 30 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Almashinuv dasturi yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar dastur davomida strategik uchrashuvlarda ishtirok etib, tadqiqot olib borishadi.

Dastur 2024-yili uch oy davomida Vashingtonda o‘tkazilib, 1-martdan 31-maygacha davom etadi.

Qabul qilingan ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  • yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya;
  • tibbiy sug‘urta;
  • ikki tomonlama aviachiptalar.

Shuningdek, dastur davomida to‘liq jihozlangan ofis, Internet va elektron pochtaga kirish hamda stipendiya bilan bog‘liq shaharlararo telefon qo‘ng‘iroqlari uchun cheklangan budjetni ajratiladi.

Ishtirokchilar dastur davomida o‘z ishi xususida kamida bitta rasmiy taqdimot qilishi kerak.

Arizalarni joriy yilning 31-iyuligacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Avstraliyaning Markaziy Kvinslend universiteti RTP stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.