10-iyuldan ikkinchi mutaxassislikka arizalar qabuli boshlandi. Unga bakalavriat bosqichi bitiruvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Xizmatdan my.edu.uz platdformasi orqali foydalanish imkoniyati mavjud.

Ikkinchi mutaxassislik uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

  • fuqarolik pasporti yoki ID karta;
  • bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari.

Bunda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Ariza jo‘natish uchun platformadan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Saytga shaxsiy va diplom ma’lumotlarini kiritish hamda mutaxassislik tanlash zarur.

Oliy ta’lim muassasasi tomonidan abituriyentning arizasi ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Hujjatlarni joriy yilning 10-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Avvalroq “Spot” OTMga hujjatlarni qanday onlayn topshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.