“Forbes” nashri 2022-yilda eng yuqori dividend daromadiga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderlar reytingini e’lon qildi.
Bu ro‘yxatga jami 50 nafar rossiyalik kiritilgan bo‘lib, ular qatoridan Alisher Usmonov ham joy olgan.
Xususan, biznesmen mazkur reytingda 64,7 mlrd rubl ($708,7 mln) dividend daromadi bilan 7-pog‘onani egallagan.
Uning asosiy daromad manbai sifatida “Metalloinvest” kon-metallurgiya xoldingi keltirilgan.
Shuningdek, mazkur reytingda birinchilikni “Lukoyl” kompaniyasining sobiq prezidenti Vagit Alekperov egallagan. Dividendlar tadbirkorga 155,7 mlrd rubl ($15,2 mlrd) daromad olib kelgan.
Ayni paytda Alisher Usmonovning boyligi $14,4 mlrdni tashkil etadi. U bu ko‘rsatkich bilan “Forbes Russia” nashrining Rossiyadagi 20 ta eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida 8-pog‘onani egallagandi.
Joriy yilning iyun oyida AQSh Alisher Usmonovni Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida qora ro‘yxatga kiritgandi.