“Hi-Tech” bank Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasida joylashgan binosini ichidagi barcha jihozlari bilan sotuvga qo‘ydi.
Mazkur bino auksionga birinchi marotaba qo‘yilishi emas. Xususan, 2021-yilning aprel oyida birinchi marotaba sotuvga chiqarilib, binoning boshlang‘ich bahosi 7,9 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
Undan keyin, 2022-yilning iyun oyida ikkinchi marotaba qayta sotuvga chiqarildi va boshlang‘ich 11,6 mlrd so‘mga baholangandi.
Bino ichidagi mebel va jihozlari bilan sotuvga qayta chiqarilib, uning boshlang‘ich bahosi 25,3 mlrd so‘mni, zakalat puli 254 mln so‘mni tashkil etadi.
Yer uchastkasining umumiy maydoni maydoni 2,4 sotixni, binoning qurilish osti maydoni esa 1,9 sotixni tashkil etadi.
Mazkur bino 2016-yilda qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 1398 kv.metrdan hamda 5 qavat, 30 ta xonadan iborat. Binoda elektr, kanalizatsiya, suv va gaz mavjud.
Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 11-avgust kuni soat 09:00 gacha havola orqali jo‘natish mumkin. Auksion shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.
2022-yilning oktabrida Markaziy bank “Turkiston Bank” va “Hi-Tech Bank” litzenziyasini qaytarib olgandi.
Dekabr oyida esa “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olish uchun sudga murojaat qildi. Joriy yilning mart oyiga kelib, sud “Hi-Tech Bank"ni bankrot deb topdi.