Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozorida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.
2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bo‘yicha bitimlar soni deyarli 131 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 3,9%ga oshdi.
Shu bilan birga, ikkinchi chorakda sotuvlar 5%ga o‘sdi va 69 ming bitimdan oshdi.
Iyun oyida ko‘chmas mulk bozori faolikning pasayishi bilan ajralib turadi. Xususan, oylik sotuvlar may oyida sezilarli o‘sishdan keyin 7,7%ga kamaydi.
Ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy oldi-sotdi shartnomalari soni may oyidagi 25,5 mingtaga nisbatan 23,6 mingtani tashkil etdi.
Eng katta pasayish Toshkent shahrida — 17%, Sirdaryo — 10% va Navoiy viloyatlarida — 9% qayd etildi.
2022 yil iyun oyiga nisbatan uy-joy savdosi 3,5%ga oshdi.
Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining o‘zgarishi
Kvartiralarni ijaraga olish narxi pasayishda davom etmoqda. Shunday qilib, yil boshidan beri poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 14,3%ga arzonlashdi.
Eng katta pasayish mart oyida qayd etilgan bo‘lib, birdaniga 7%ga tushdi. Biroq, o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan Toshkentda ijara haqi 5,4%ga oshdi.
Shu bilan birga, yil boshida ijara haqining 20%dan ortiq pasayishi bir vaqtning o‘zida poytaxtning uchta hududida qayd etildi. Xususan, Olmazorda-26%, Shayxontohurda — 24% va Bektemirda — 22%.
May oyidagi jonlanish va ko‘tarilishga qaramay, iyun oyida ijara bozori 2,4%ga pasaydi va Toshkent shahrida 1 kv.m. uchun o‘rtacha $8,8ni tashkil etdi.
Yil boshidan beri sezilarli pasayishlarga qaramay, iyun oyida 1 kv.m. uchun yuqori ijara narxlari Shayxontohur — $10,8, Yakkasaroy — $10,9 va Mirobod — $11,7 tumanlarida saqlanib qoldi.
Shu bilan birga, poytaxtdagi kvartiralarni ijaraga olish Uchtepa — $7,3, Sergeli — $6,3 va Bektemir — $5,5 tumanlarida eng maqbul narx bo‘lib qolmoqda.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Iyunь oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Agar may oyida 1 kv.m. uchun uy-joyning o‘rtacha narxining oshishi 2,5% tashkil etgan bo‘lsa, iyunь oyida “ikkilamchi uy-joy” narxi atigi 0,8%ga oshdi.
Joriy davrni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 22%dan oshdi.
Namangan — 34,9%, Toshkent — 29,4% viloyatlarida va Toshkent shahrida — 30,4% uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Poytaxtda iyunь oyida “ikkilamchi” narxlarining o‘sishi bir oy oldin 1,7%ga nisbatan 0,7%ni, tashkil etdi. Narxlarning nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Mirobod — 2,4% va Mirzo-Ulug‘bek — 2,6% tumanlarida qayd etildi.