“Apple” kompaniyasining 2024-yili o‘tkaziladigan “Apple Trainee” amaliyot dasturi uchun arizalar qabuli ochiq.

Unga butun dunyodan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Dastur oxirgi kurs bitiruvchilari va bakalavr, magistratura hamda PhD darajasiga ega bo‘lganlar uchun karera qilish imkonini beradi.

Ishtirokchilarga amaliyot davomida oylik mablag‘ ajratiladi. Ular kompaniyaning turli loyihalari ustida jamoasi bilan ishlashlari mumkin.

Dastur muloqot qobiliyati, jamoada ishlash ko‘nikmalari, dasturiy ta’minotni yaxshilash, fikrlash va muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarni oshirishga yordam beradi.

Nomzodlar ingliz tilidan yetarli darajada bilimga ega bo‘lishlari zarur. Lekin qabul jarayonida aniq bir me’yorlar belgilanmagan.

Amaliyot o‘tkaziladigan mamlakat va shaharlar: Pekin, Kembrij, Kaliforniya, Nanshan, Dubay, Parij, Shanxay, Praga, Stokgolm, London, Myunxen va boshqalar.

Xalqaro talabalar uchun “Apple Trainee” dasturiga ariza topshirishning oxirgi muddati yo‘q, lekin iloji boricha tezroq murojaat qilish zarur.

Buning uchun esa havola orqali o‘tib kerakli dasturni tanlash mumkin.

Albatta, amaliyot dasturining tavsifi va muvofiqlik mezonlarini o‘qib chiqishni unutmaslik zarur.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.


Avvalroq “Netherlands Education Group” iqtidorli yoshlar uchun qisqa muddatli dasturlarga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.