Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Ochiq tender joriy yilning 14-avgust sanasida o‘tkazilib, unga quyidagi 13 ta lot qo‘yilgan:
- VSh-712-sonli “G‘ijduvon-Uchquduq” Uchquduq tomondan;
- VSh-820-sonli “Olmaliq-Samarqand shahri” ikkila tomondan;
- VSh-829-sonli “O‘smat-Bulung‘ur avtostansiyasi” ikkila tomondan;
- VSh-972-sonli “Do‘stlik-Guliston shahri” ikkila tomondan;
- VSH-973-sonli “Paxtaobod-Jizzax” ikkila tomondan;
- VSh-983-sonli “G‘ijduvon-Zarafshon” ikkila tomondan;
- VSh-1108-sonli “Boysun-Toshkent shahar” Boysun tomondan;
- VSh-1130-sonli “Toshkent sh-Chimboy” Chimboy tomondan;
- VSh-1166-sonli “Toshkent sh-Kuytosh” Toshkent sh. tomondan;
- VSh-1174-sonli “Shirin-Bekobod” ikkila tomondan;
- VSh-1175-sonli “Toshkent-Balanchaqir” ikkila tomondan;
- VShYT-1124-sonli “Chelak-Paxtakor” ikkila tomondan;
- VShYT-983-sonli “G‘ijduvon-Zarafshon” ikkila tomondan.
Tenderda qatnashish uchun takliflarni e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali taqdim etish mumkin.
Avvalroq Toshkentdagi avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha tenderga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Tenderda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi:
- 174-Aviasozlar AShB-Jumabozor qo‘rg‘oni yo‘nalishi;
- 127-Aviasozlar-“Farhod bozori” yo‘nalishi;
- 128-Yangiyo‘l mahallasi-“Food city” savdo majmuasi yo‘nalishi.
Xususan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha takliflarni joriy yilning 31-iyuligacha, qolgan ikkita yo‘nalish bo‘yicha esa 2-avgustgacha jo‘natish kerak.