O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi energetika sohasi mutaxassislarining bilimarini oshirishga qaratilgan markaz tashkil etilishi mumkin.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Koreya iqlim o‘zgarishi tadqiqotlari instituti (KICC) vakillari o‘rtasidagi uchrashda ta’kidlandi.
Mazkur institut energiya samaradorligi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Tashkilot O‘zbekistonda ham faoliyatini yo‘lga qo‘yib, energetiklar bilimini oshirish bo‘yicha markaz tashkil qilish loyihasini ilgari surmoqda.
Markaz dastlabki bosqichda Toshkentdagi Adju universiteti hududida tashkil etiladi. U mamlakatda energiya tejamkorligi, bioenergetika yo‘nalishini takomillashtirish va energetika tizimi barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Keyingi bosqichda esa bu kabi markazlarni mamlakatning boshqa OTMlarida ham tashkil qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Avvalroq o‘zbekistonlik yoshlar kadrlar almashinuvi bo‘yicha Yaponiyaga jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.
Bu bo‘yicha umumiy qiymati $2,2 mln bo‘lgan shartnoma imzolandi hamda 2024-yilda vazirlik va idoralar vakillariga magistratura va doktoranturada o‘qish imkoni beriladi.