1-avgustdan boshlab “IT Park” va “YXHT"ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori “ShE-commerce” qo‘shma bepul elektron tijorat dasturini ishga tushirmoqda.

U uyda oʻtirib pul ishlashga qiziqqan 150 nafar ayollar uchun moʻljallangan.

Darslar oʻzbek va rus tillarida, ikki oy davomida Termiz shahrida o‘tkaziladi.

Dasturning asosiy maqsadi tug‘ruq ta’tilidagi ayollar, yosh onalar va uy bekalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga elektron tijorat ko‘nikmalarini o‘rganish va uydan chiqmasdan pul ishlash imkoniyatini berishdan iborat.

Kurs doirasida ishtirokchilar MS Office dasturlari bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlarda marketing asoslarini o‘rganish va amaliy qism sifatida O‘zbekiston marketpleyslarida ishlashning aniq misollari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bularning barchasi kurs tinglovchilariga O‘zbekistondagi elektron savdosining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishga va oʻz biznesini rivojlantirish uchun olgan bilimlaridan samarali foydalanishga yordam beradi.

Kursda ishtirok etish uchun 1-avgustgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” “Urban.Tech Uzbekistan” uchinchi xakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.