BAAning “Tepelen Group Holding Limited” kompaniyasi tomonidan 2023−2024-yillarda Pop tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi belgilangan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Loyihaning umumiy qiymati $500 mlnni tashkil etib, joriy yilning to‘rtinchi choragida 250 MVt quvvati ishga tushiriladi.

Qayd etilishicha, Energetika vazirligi va investor o‘rtasida yer ijara shartnomasi rasmiylashtirililgan.

Dastlabki bosqichda 250 gektar yer maydonlari 9 ta lotda yer ishlariga loyiha tayyorlanib, bu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Quyosh foto elektr stansiyasi ishga tushirilishi natijasida 1500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlanmoqda.


Avvalroq Xitoyning “China Energy” kompaniyasi Qashqadaryo va Buxoroda fotoelektr stansiyalari, Samarqandda esa sement zavodini qurish loyihalarini amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

Joriy yilda 400 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyalari va sement zavodini, qolgan 600 MVt quvvatlarni esa 2024-yilning oxirigacha ishga tushirish belgilanmoqda: