Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi 2 ta platformadan foydalanish mumkin:

  • transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
  • my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat quyidagi 2 ta toifa talabalariga ruxsat beriladi:

  • talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
  • davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” asosida qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun amal qilmaydi.

Arizalarni joriyi yilning 5-avgustigacha jo‘natish mumkin.

Davlat OTMning biridan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish uchun arizani bu yerdan jo‘natish mumkin.

Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun esa bu yerdan foydalanish mumkin.

Shu bilan birga, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari bilan havola orqali tanishish mumkin.


Avvalroq “Spot” OTMga hujjatlarni qanday onlayn topshirish mumkinligi haqidagi qo‘llanmani taqdim etgandi.