Click Up ilovasida “Mening avto” nomli yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Endilikda ilovada 15% gacha keshbek bilan sug‘urta polisini rasmiylashtirish, uning muddati oxiriga yetishini kuzatib borish, barcha avtomobil hujjatlarini qo‘l ostida saqlash va avtomobillar narxlarini kuzatib borish mumkin.

Click foydalanuvchilari haqida qayg‘uradi va hayotning barcha sohalarida kundalik vazifalarni amalga oshirishda qulaylik baxsh etishga harakat qiladi. “Mening avto” bo‘limi tufayli, avtomobil egalari osonlik bilan sug‘urta rasmiylashtirishi va avtomobilning barcha kerakli hujjatlarini qo‘l ostida saqlashlari mumkin.

Asosiy funksiyalar

Ma’lumotni qo‘lda kiritmaslik uchun, foydalanuvchi jismoniy shaxslar identifikatsiyasidan o‘tishi mumkin. Jarayon yakunlanishi bilan bo‘limda avtomatik ravishda foydalanuvchi avtomobili, joriy sug‘urta, haydovchilik guvohnomasi va texpasport hamda tonirovka to‘lov muddati haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.

Bo‘limda sug‘urta amal qilish muddatini tekshirish va uni uzaytirish imkoniyati mavjud. Sug‘urta yakunlanish muddati yaqinlashayotganida ilova avtomatik ravishda foydalanuvchiga polisni yangilash lozimligi haqida eslatma yuboradi. Sug‘urtani ilovaning o‘zida yangilash mumkin, barcha ma’lumotlar esa avtomatik ravishda to‘ldiriladi.

Click Up ilovasida sug‘urtani yangilash maksimal darajada manfaatlidir — polis rasmiylashtirilganda 15% gacha keshbek taqdim etiladi. Mazkur yoqimli bonus faqat identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amal qiladi.

click, реклама

Polisni nafaqat shaxsiy, balki do‘st-u birodarlar avtomobillari uchun ham rasmiylashtirish mumkin. Foydalanuvchi o‘z yaqinlari yoki do‘stlari avtomobillarini bo‘limga qo‘shishi va ularning sug‘urtalarini kuzatib borishi va yangilashi mumkin.

“Mening avto” bo‘limida barcha asosiy qoidabuzarliklar va ularning jarima miqdorlari ko‘rsatilgan. Agar foydalanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzgani haqida shubha qilsa, Click Up ilovasiga kirib, to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima miqdorini bilishi mumkin.

Qolaversa, mazkur bo‘limda avtomobillar narxlari to‘plangan. Foydalanuvchi mahalliy bozorda rasman sotiluvchi avtomobillar narxlari bilan tanishib chiqishi mumkin. Ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib boradi.

Bo‘limning navbatdagi afzalligi shundaki, bu yerda avtomobil tonirovkasi narxlari bilan ham tanishib chiqish mumkin.

“Mening avto” — xaydovchilar uchun maksimal darajada foydali yordamchidir. Click bilan avtomobil doimo nazorat ostida.

Sayt: click.uz
Facebook: fb.com/click.uz
Instagram: @clickuz
Telegram-bot: t.me/clickuz
Telegram: t.me/click_uz

Reklama huquqlari asosida.