“Inno Texnopark” startap akselerator dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
- texnoparkning ishlab chiqarish maydoni va asbob-uskunalardan foydalanish;
- yakka tartibdagi biznes-murabbiyning maslahatlarini olish hamda loyihani amalga oshirish yo‘l xaritasini birgalikda ishlab chiqish;
- mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini yaratishga, uni sinash va mijozlar fikrini o‘rganishga ko‘maklashish;
- tematik o‘quv-mashg‘ulotlar va mahorat darslarida ishtirok etish.
Bundan tashqari, hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish va mijozlar jalb qilishga yordam berish hamda investorlarga loyihani taqdim qilish imkoniyati, ya’ni “Demo Day” tashkil etiladi.
Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun 20-avgustgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Batafsil ma’lumotlarni texnoparkning rasmiy Telegram-kanalidan yoki +998 97 270 70 08 va +99893 387 34 47 raqamlaridan olish mumkin.
Avvalroq Gruziyada o‘tkaziladigan 500 Global Investment Accelerator dasturining beshinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.