Avvalroq Muborak issiqlik elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 11,2 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurillayotgani haqida xabar berilgandi.

Energetika vazirligi mazkur issiqlik elektr markazida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi.

Elektr markazida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.

Stansiyaning umumiy maydoni 1,3 gektarni tashkil etadi. Ushbu stansiyaga 1780 tadan ortiq quyosh panellari o‘rnatildi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 2,7 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

O‘zbekistondagi birinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi 2021-yili Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 MVt quvvatli ishga tushirilgandi.

Bugungi kunda stansiya kuniga 1 mln kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Stansiya ishga tushgandan buyon 252 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, stansiya 80 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.


Avvalroq “Spot” joriy yil yanvar oyida Farg‘ona IEMda 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shuningdek, joriy yilda Navoiy IES, To‘raqo‘rg‘on IES va Talimarjon IESda quvvati 1 MVt bo‘lgan quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgandi.