Avvalroq “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi"da o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1040 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.

Energetika vazirligi mazkur issiqlik elektr markazida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi.

“O‘zbekenergota'mir” tomonidan bunyod etilgan stansiyaning umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etgan bo‘lib, bu yerda monokristall turidagi 1500 dan ortiq quyosh panellari o‘rnatilgan.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 1,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning evaziga yiliga 400 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Shu tariqa, “Issiqlik elektr stansiyalari” tizim korxonalarida o‘rnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 9,6 MVtga yetdi.

Qayd etilishicha, joriy yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 15 MVtga yetkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq “Muborak IEM"da quvvati 1,2 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 2,7 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


Avvalroq “Spot” joriy yil yanvar oyida Farg‘ona IEMda 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Mazkur stansiyada yiliga qo‘shimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Shuningdek, joriy yilda “Navoiy IES”, “To‘raqo‘rg‘on IES” va “Talimarjon IES“da quvvati 1 MVt bo‘lgan quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgandi.