“Meta” kompaniyasiga tegishli “Threads” ilovasi Yevropa ittifoqi davlatlarida bloklandi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, jumladan Germaniya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Irlandiya va Belgiyadagi ilovalar do‘konlarida “Threads” ko‘rinmagan.

Ta’kidlanishicha, yevropalik foydalanuvchilar VPN xizmatlari orqali ham ushbu ilovadan foydalana olishmayapti.

Ilova faoliyatining bloklanishiga “Meta"ning yangi ilovasi Yevropa Ittifoqining “Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi” qonunida keltirilgan ma’lum talablarga javob bermagani sabab bo‘lgan.

Chunki bu dastur nafaqat kontaktlarni, balki ko‘rish va qidiruv tarixi, joylashuv hamda to‘lov ma’lumotlari kabilarni to‘playdi.

“Meta” raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun, yirik onlayn platformalar o‘zlarining bozor kuchidan qanday foydalanishini tartibga soluvchi yangi Yevropa Ittifoqi raqobat qoidalari bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalarni kutmoqda.

Yevropa komissiyasi hozirda kompaniya bilan qoidalarni muhokama qilmoqda va sentabr oyida qo‘shimcha ko‘rsatmalar berishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Twitter"ga oʻxshash “Threads” ilovasini 6-iyul kuni ishga tushirishi va hozircha faqat iOS foydalanuvchilari uchun mavjud boʻlishi haqida yozgandi.

Ilova ishga tushirilgandan keyin o‘zbekistonliklar “App Store"da eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylangandi.

Shuningdek, ilova ishga tushirilgan birinchi kunida butun dunyo bo‘ylab 30 mlndan ortiq odam ilovaga qo‘shilgan.