Iyun oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichining biroz pasayishiga qaramay, ijobiy holatini saqlab qolmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining “Spot"ga taqdim etgan tahlilida keltirilgan.

Xususan, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholashga sabab, o‘tgan oyda jamlangan ko‘rsatkichlar may oyiga nisbatan 3 punktga pastlab, 57 punktni tashkil etgan.

May oyida o‘z biznesining hozirgi holatini “yaxshi” deb qayd etgan respondentlarning ulushi 40% bo‘lsa, iyun oyida ularning soni sezilarli darajada 46% gacha oshdi.

Shu bilan birga, biznes holatining pessimistik tabiati bir xil darajada qolmoqda. Xususan, tadbirkorlarning 12%i biznesining hozirgi holatini “yomon"deb baholamoqda.

May oyi bilan taqqoslaganda, o‘z xodimlari sonini ko‘paytirgan korxonalar 1%ga ko‘p bo‘lgan — bu so‘rovda ishtirok etgan respondentlarning 24%ini tashkil etsa, 45% respondentlar tovarlari/xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘sishini qayd etgan.

Ko‘rsatkichning pasayishiga sanoat sektoridagi salbiy dinamika sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi, bu yerda pasayish 13 ballni va qurilish sohasida 9 ballni tashkil etdi.

Biroq, qishloq xo‘jaligidagi ishbilarmonlik muhitining ko‘rsatkichi 51 punktdan 55 punktgacha o‘sdi va xizmat ko‘rsatish sohasi 60 punktda o‘zgarishsiz qoldi.

Biznesning jamlangan ko‘rsatkichi iyun oyida pasaydi va bu qurilish hamda sanoat tarmoqlaridagi hozirgi holatning yomonlashgani bilan izohlandi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hozirgi holatni 6 punktga yaxshilanib, 47 punktga yetganini qayd etishdi.

Kelgusi 3 oy ichida biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha kutilmalarning jamlangan ko‘rsatkichi biroz pasayib, 75 punktdan 74 punktgacha tushdi. Umuman olganda, biznes kutilmalarining ijobiy xarakteri ishonchli tarzda saqlanadi.

Keyingi oylarda kompaniyalar talabning yanada yaxshilanishini va xodimlar sonining ko‘payishini kutmoqdalar.

Shunday qilib, kelgusi 3 oy ichida o‘z biznesining umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi 75%ni tashkil etdi, 70%i tovar va xizmatlarga talabning yanada oshishini kutmoqda va 68%i xodimlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Umuman olganda, mavjud vaziyat ko‘rsatkichlari va taxminlar o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy rivojlanishning ijobiy tendensiyasi keyingi 3 oy ichida davom etishini anglatadi.

Avvalroq inflyatsion kutilmalarda tadbirkorlar ko‘rsatkichi 13,3%ni tashkil etgandi. Biznes egalari narxlar ko‘tarilishiga valyuta kursining o‘zgarishi (55%), ish haqi va nafaqalarning oshishi (39%) hamda yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (32) ta’sir qilishi mumkib deb hisoblashadi.


Avvalroq “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida imtiyozlar qanday va qay tartibda berilishi ma’lum qilingandi.