Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi tomonidan feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratildi, deya xabar bermoqda “UzA” nashri.
Mazkur platformadan fake.cyber102.uz sayti orqali foydalanishi mumkin.
“Internet va ijtimoiy tarmoqlardan kelgan turli havolalarni tekshirish uchun faktcheking platformasini ishlab chiqdik” — deydi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Shavkat Fayziyev.
Undan foydalanish uchun kelgan xabar ichidagi havolani nusxalab sayt orqali tekshirish mumkin.
Tizim havola kiritilgandan keyin ko‘rsatilgan himoya kodini yozish orqali havolani haqiqiy yoki feykligini aniqlaydi.
Havola haqiqiy bo‘lsa, ushbu axborot resursi Davlar organlari va tashkilotlarining rasmiy resursi hisoblanadi yozuvi chiqadi.
Agar xabar feyk bo‘lsa, ushbu axborot resursi “fake” hisoblanadi, ushbu resursdan foydalanmaslik tavsiya etiladi yozuvi paydo bo‘ladi.
“Bugungi kunda ogohlantirish tadbirlarini olib borishimizga qaramasdan, fuqarolarimiz internet firibgarligi natijasida jabrlanuvchiga aylanib qolmoqda”, — deydi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘I Bexzod Mamajonov.
Ijtimoiy tarmoqlardan, internet saytlaridan keluvchi xabarlarni tekshirib ko‘rish imkonini beruvchi platforma yaratdik, deydi u.
Avvalroq “Spot” onlayn firibgarlikning besh turi — ularni qanday aniqlash mumkinligi haqida yozgandi.