O‘zbekiston “Henley & Partners” kompaniyasining eng kuchli pasportiga ega davlatlar reytingida birdaniga besh pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda “Spot"ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
2023-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki mamlakatga kelgandan so‘ng olishshlari mumkin. Yil boshiga nisbatan mamlakat indeksdagi o‘z o‘rnini besh pog‘onaga yaxshilagan.
O‘zbekiston pasporti deyarli barcha postsovet mamlakatlariga yutqazadi. Belarus 64 (79 ta davlat), Qozog‘iston 66 (76), Ozarbayjon 72 (69), Armaniston 74 (66) o‘rinni egallagan.
Rossiya rasmiy ravishda 49-o‘rinni egallaydi (115 mamlakat), ammo Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan havo aloqalarining yopilishi sayohatni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.
Yaponiya besh yil ichida birinchi marta yetakchilikni yo‘qotib, Singapurga imkoniyatni boy berdi. Singapur fuqarolari 193 mamlakat va hududlarga mahalliy hokimiyatni oldindan ogohlantirmasdan kirishlari mumkin. Ular uchun viza yoki umuman talab qilinmaydi yoki uni kelgandan keyin olish mumkin.
Ikkinchi o‘rinni 192 davlat bilan Yevropa davlatlari — Germaniya, Italiya va Ispaniya egallashdi. Uchinchi o‘rinda birdaniga yetti davlat: Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya va Yaponiya. Bu davlatlar fuqarolari 189 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.
Afg‘oniston reytingda oxirgi 103-o‘rinni egalladi. Afg‘onistonliklar atigi 27 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, “Henley & Partners” mamlakatlarning ochiqlik reytingini tuzdi. Eng yopiq davlatlar Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Papua-Yangi Gvineya va Turkmanistondir. Bu davlatlar vizasiz kirishni umuman ta’minlamaydi. Yopiqlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Liviya, Butan, Eritreya, Ekvatorial Gvineya va Hindiston joylashgan bo‘lib, ularga beshdan kam davlatdan vizasiz kirish mumkin.
Barcha mamlakatlarga vizasiz kirishni ta’minlaydigan eng ochiq davlatlar: Burundi, Komor orollari, Jibuti, Gvineya-Bisau, Maldiv orollari, Mikroneziya, Mozambik, Ruanda, Samoa, Seyshel orollari, Sharqiy Timor va Tuvalu.
Avvalroq “Spot” “Arton Capital” konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Pasport Index” xalqaro pasport mustahkamligi reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona pastlagani haqida yozgandi.
Iyun oyida O‘zbekiston 96 davlat orasida 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yangilangan reytingda 71-o‘rinni egalladi.