Rossiya Markaziy banki mamlakatda xorijiy banklarning filiallarini ochish to‘g‘risida Moliya vazirligi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” nashri Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Chistyuxinga tayanib.

Chistyuxin yangi filiallar hisob-kitob funksiyasini o‘z zimmasiga olishi va ularning ishi xorijiy hamkorlar uchun sanksiyalar ostida bank operatsiyalarini amalga oshirishning qulay shakliga aylanishini ta’kidladi.

Rossiyada filiallarni ochish imkoniyati “nodo‘st” mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, bundan tashqari, kamida uch yil davomida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan banklar uchun mavjud bo‘ladi.

Iyun oyida Moliya vazirligi xorijiy do‘st banklarga mamlakatda o‘z filiallarini ochishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini tayyorladi.

Ular birinchi navbatda yuridik shaxslar bilan ishlaydi, jismoniy shaxslar bilan operatsiyalar va bitimlar ular uchun mavjud bo‘lmaydi.

Filiallarda omonatlarni ochish mumkin bo‘lmaydi, ular depozitlarga qimmatbaho metallarni jalb qila olmaydilar (ulardan tangalar bundan mustasno), shuningdek, shaxslar bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha pul va mol-mulkni ishonchli boshqarish va qimmatbaho metallar, ulardan tangalar va qayta ishlangan tabiiy olmoslar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Shuningdek ular pul va mulkni ishonchli boshqaruvni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydilar.

Rossiya prezidenti tomonidan imzolangant tegishli qaror bilan 2013-yildan mamlakatda xorijiy banklarning filiallarini ochishi taqiqlangandi.

Rossiyada xorijiy banklarga mamlakatda filiallarini ochishga ruxsat berishni Rossiya Markaziy banki tomonidan 2022-yil sentabr oyida taklif qilingandi.


“Spot” avvalroq “Tinkoff Business” O‘zbekistonga valyuta o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.