Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, quyidagilar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi:

  • Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Avvalroq “Raqobat to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilingandi.

Hujjat bilan, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi (monopoliyaga qarshi organ) hisoblanadi.

Qonunga bir qator yangi, jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens tushunchasi kiritilgan.

1-iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan “Tadbirkorlarga maslahat” xizmati yo‘lga qo‘yilgandi.