2007-yilda “Apple” tomonidan chiqarilgan va uning asoschisi Stiv Jobs ixtiro qilgan birinchi avlod iPhone AQShda kim oshdi savdosida 190 ming dollarga sotildi. Bu haqda “The Guardian” nashri “LCG Auctions” auksion uyi vakillariga tayanib xabar bermoqda.

Auksiondagi iPhone’ning yakuniy narxi uning dastlabki narxidan 300 baravar yuqori. 2007-yilda $599 ga sotilgan 4 GB modeli ochilmagan asl o‘ramida kim oshdi savdosiga qo‘yilgan edi.

Gadget hech qachon yoqilmagan. “LCG Auctions” vakillari iPhone’ni mashhur yuqori darajadagi kolleksiya va juda kam uchraydigan lot deb atashgan.

“Asl 4GB modeli iPhone kollektorlari orasida muqaddas hisoblanadi”, — deya ta’riflagan “LCG Auctions”.

Kim oshdi savdosida ishtirok etish uchun 30 ga yaqin ariza topshirildi. Boshlang‘ich taklif $10 mingni tashkil etdi.

Nashrga ko‘ra, “LCG Auctions” auksioni 2007-yilda ishlab chiqarilgan yana bir iPhone fevral oyida yana bir auksionda $63,3mingga sotilganidan bir necha oy o‘tib bo‘lib o‘tgan.

2007-yilning 29-iyunida chiqarilgan original 4GB iPhone smartfoni sotuvlar yomonlashgani sababli ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tgach ishlab chiqarish to‘xtatildi, hatto kompaniya xaridorlarni rag‘batlantirish maqsadida narxni uchdan bir qismga pasaytirgandan keyin ham.

Modelni taqdim etar ekan, “Apple” kompaniyasining o‘sha paytdagi bosh direktori Stiv Jobs qurilma telekommunikatsiya sohasini qayta ixtiro qilishini e’lon qilib, uni sehrli va o‘ta aqlli deb atagan.


“Spot” o‘tgan yilning sentabrida “Apple” to‘rtta yangi iPhone 14'ni taqdim etgani haqida yozgandi.

Shunigdek, kompaniya Apple Watch Series 8, Apple Watch Ultra va AirPods Pro 2 quloqchinini namoyish qilgandi.