19-iyul kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Bu sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Xususan, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYning qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarda soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

Shuningdek, Olmazor tumanidagi “Achaobod”, “Chimboy”, “Qo‘shtut”, “Eski shahar” amda “Guruch ariq” MFYlarning qisman ko’chalari soat tonggi 04:00 dan 12:00 gacha vaqtinchalik elektr ta’minotidan ajratilishi ma’lum qilingandi.

Bunda tuman hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/10/6 kV bo‘lgan “Bibliotechnaya” podstansiyasidagi mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.