Ozarbayjonning “Pasha Holding” kompaniyasi Toshkentda mehmonxona qurish loyihasini amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, vazirlik va “Pasha Holding” kompaniyasi bosh direktori Jalol Gasimov o‘rtasida O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya Toshkentda mehmonxona qurish loyihasini amalga oshirishni ilgari surmoqda.

Bundan tashqari, kompaniyaning Ozarbayjonda qo‘shma to‘qimachilik klasterini yaratishda ishtirok etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Pasha Holding” 2006-yilda tashkil etilgan. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi bank-moliya xizmatlari, sug‘urta, investitsiya va brokerlik xizmatlari, qurilish va texnologiyalarga qaratilgan.

Bundan tashqari, kompaniya turizm sohasiga, jumladan, Ozarbayjon va Turkiyadagi mehmonxonalar va kurortlarga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritadi.

Xoldingning aktivlari $8,8 mlrdni tashkil etadi.


Avvalroq Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan “SOCAR Trading” qo‘shma korxonasini tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, kompaniyalar Ozarbayjon va O‘zbekistondagi konlarni birgalikda o‘zlashtirish ishlarini olib borishda hamkorlik qiladi: