“Forbes” nashri dunyodagi eng zaif valyutalar o‘nligini e’lon qildi. Reyting valyutalarning AQSh dollariga nisbatan nisbiy qiymatidan kelib chiqqan holda tuzilgan.
Reytingda birinchi Eron riali egalladi, ya’ni $1 — 42 273 Eron rialini tashkil qiladi.
Keyingi o‘rinda Vetnam dongi ($1 — 23 711 Vetnam dongi) va kuchli uchlikni Laos kipi ($1 — 19 072 Laos kipi) yakunladi.
Mazkur reytingda o‘zbek so‘mi ($1 — 11 608,3 so‘m bilan) yettinchi o‘rinni egalladi.
O‘ntalik reytingda quyidagi valyutalar egalladi:
4. Serra-Leone leonesi ($1 — 17 665 leone);
5. Indoneziya rupiyasi ($1 — 14,993 rupiya);
6. Livan funti ($1 — 14,986 funt);
8.Gvineya franki ($1 — 8,583 frank);
9. Paragvay guarani ($1 — 7249 guaran);
10. Uganda shillingi ($1 — 3669 shilling).
Avvalroq “Spot” O‘zbeksiton eng kuchli pasportiga ega davlatlar reytingida 78-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.