Rossiyaning Krasnodar viloyatiga O‘zbekistondan mato va materiallar yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” nashri xabar bermoqda.
Bu bo‘yicha Krasnodar viloyati hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan masofaviy davra suhbatida tegishli kelishuvlarga erishilgan.
Kuban sanoat siyosati vaziri Dmitriy Xmelko hududning Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yo‘l xaritasini amalga oshirish doirasida bunday uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Kubanda 100 dan ortiq kiyim-kechak, to‘qimachilik, charm va charm mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.
2022-yilda qo‘l mehnati yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmi oshib, 6,3 mlrd rublni tashkil etgan.
Kuban ishlab chiqaruvchilari qo‘shni mamlakatlarga mahsulot yetkazib beradi. Ularda yuqori sifatli mato va iplarga ehtiyoj bor ekanligi ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston tomoni har bir aniq korxona uchun takliflarni ishlab chiqishda yordam berishga hamda mamlakatda Kuban ishlab chiqaruvchilarining vakolatxonalarini yaratishga tayyor ekanligini bildirdi.
Avvalroq Rossiyaning “Tavro” charm mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida xabar berilgandi.