Statistika agentligi yanvar-iyun oylari bo‘yicha O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xususan, bu davrda mamlakatda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan 293,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Birinchi yarim yillikda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi 23,5 mlrd kub metrni tashkil etib, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 mlrd kub metrga kamaygan.
Olti oyda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmida sezilarli o‘sish bor. Bu davrda ishlab chiqarilgan energetika hajmi jami 38,08 mlrd kVt.soatni tashkil etgan. Natijada o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,58 mlrdga oshgan.
Issiqlik energiyasi esa 13,4 mln gkal ko‘rsatkich bilan — 1,07 ming gkalga kamaygan.
Bu davrda neft ishlab chiqarish hajmida sezilarli o‘sish kuzatilib, 391,3 ming tonnani tashkil etgan. 2022-yilga nisbatan esa 7,9 ming tonnaga ko‘p.
Dastlabki oylarda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi — 115%.
Avtomobil sanoati
Yengil avtomobillar ishlab chiqarish sanoatida ham o‘zgarishlar bor.
Xususan, yanvar-iyun oylarida “Cobalt” ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1% ga oshib, 49 458 tani tashkil etgan.
Biroq bu davrda “Nexia T-250″ ishlab chiqarish 83,7% ga, Gentra” 17,3% ga, “Spark” 95,4% ga hamda “Damas” 2,6% ga kamaygan.
Shuningdek, 15,07 mingta “Tracker” va 11,2 mingta “Onix” avtomobillari ishlab chiqarilgan.
Avvalroq joriy yilda O‘zbekiston Xitoyga $203,9 mlnlik gaz yetkazib bergani ma’lum qilingandi.