O‘zbekistonda sinov tarzida talabalar uchun “universal bank kartalari” joriy etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.

Bu bo‘yicha vazir Ibrohim Abdurahmonov bilan “Aloqabank” boshqaruv raisi Kommuna Irisbekova o‘rtasida muhokama olib borildi.

Tomonlar “Talabaning universal bank kartasi” loyihasining asosiy maqsad va vazifalarini muhokama qildi.

Talabalarga bank kartalaridan foydalanishda quyidagi imkoniyatlar berilishi belgilanmoqda:

  • guvohnoma sifatida foydalanish;
  • yotoqxonalar, kutubxonalar, sport majmualariga kirish;
  • onlayn mikroqarzlarni rasmiylashtirish;
  • omonatlar va elektron hamyonlar ochish;
  • pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish;
  • masofaviy bank xizmatlarining barcha turlaridan foydalanish.

Universal bank kartalari orqali mazkur uchun imkoniyatlarni yaratishga kelishildi.

Yakunda tomonlar “Talabaning universal bank kartasi” tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma qarorni imzoladi.

Talaba kartasini joriy etish bo‘yicha joriy yilning may oyida qabul qilingan prezident farmonida ham belgilangan.


Avvalroq talabalar uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etilib, o‘quvchilarga 1 mln 320 ming so‘m oylik stipendiya ajratilishi belgilangandi.