May oyida Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Bu bo‘yicha texnik va iqtisodiy jihatlari batafsil muhokama qilinib, yakuniy to‘xtamga kelish uchun muzokaralar o‘tkazilishi ta’kidlangandi.

Joriy yilning avgust oyidan Toshkent-Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlanadi, deyaxabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Parvozlar 20-avgustdan boshlanib, “Qanot Sharq” aviakompaniyasining Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotlarni aviakompaniya rasmiy sayti hamda (71) 227−93−07 telefon raqami orqali olish mumkin.

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha yil boshda ham muhokamalar bo‘lib o‘tgandi. Unda har hafta poytaxtlar o‘rtasida to‘rttagacha reys amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlangandi.


Avvalroq Toshkent-Blagoveshchensk yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Parvozlar 19-avgustdan haftada bir marotaba — shanba kunlari amalga oshiriladi hamda narxlar 4,3 mln so‘mdan boshlanadi.