25-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.
Bu sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Xususan, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Sergeli tumani: “Nog‘ayqo‘rg‘on” hamda “Qubaytepa” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Ko‘ksaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.
Joriy yilning mart oyida qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkentdagi iste’molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta’minlash maqsadida vazifalar belgilangandi.