Savdo sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini o‘rganish, biznes yuritishda kuzatilayotgan muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Palata tadbirkorlar tomonidan berilgan javoblar qat’iy sir saqlanishini ta’kidlamoqda.

So‘rovnomada quyidagi masalalar bo‘yicha savollar berilgan:

  • soliq tizimi;
  • bank-kredit sohasi;
  • tashqi savdo;
  • infrastruktura bilan ta’minlash;
  • savdo-sanoat palatasiga oid;
  • ruxsatnoma va litsenziyalar;
  • boshqa masalalar.

So‘rovnomani havola orqali to‘ldirish mumkin.


Yil boshida turizm xizmatlari sifatini baholash bo‘yicha onlayn so‘rovnoma yo‘lga qo‘yilgandi.