25-iyul kuni Olmazor tumanining ayrim mahallalarida vaqtincha gaz ta’minoti bo‘lmaydi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, tumanning “Ahil”, “Yangi Toshkent”, “Paxta”, “Moyariq”, “G‘ani A’zamov” hamda “Guruch ariq” MFYlar iste’molchilarining soat 11:00 dan 17:30 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Bunga yo‘l kengaytirilishi sabab “Keles yo‘li” ko‘chasidagi uchta o‘rtacha bosimli GTPni xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilishi sabab ekanligi ta’kidlangan.
Avvalroq “Spot” 25-iyul kuni Toshkentning qaysi hududlarida vaqtincha elektr o‘chirilishi haqida xabar bergandi.
Xususan, Sergeli tumanining ikkita, Yashnobod tumanining esa bitta MFYdagi ayrim ko‘chalarida belgilangan vaqtda elektr energiyasi bo‘lmaydi.