Avvalroq investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi.
Hujjat bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur jamg‘arma hisobidan yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan sanoat loyihalariga xorijiy va milliy valyutada kredit mablag‘lari, shu jumladan, aylanma mablag‘lari ajratiladi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.
Jamg‘armaga $1 mlrd miqdorida mablag‘ jalb qilinishi belgilangan. Shu jumladan, 2023−2024 yillarda Tiklanish va tarqqiyot jamg‘armasidan $200 mln ekvivalenti miqdorida mablag‘lar ajratiladi.
Jamg‘armaga tashqi manbalardan qarz mablag‘larini va keyinchalik jamg‘arma kapitaliga yangi ishtirokchilarni jalb qilishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, 2024-yildan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili davlat budjetidan infratuzilma xarajatlari uchun 2 trln so‘m, jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan subsidiyalar va kompensatsiya xarajatlari uchun $15 mln miqdorida mablag‘lar ajratiladi.
Yil boshida Biznes-ombudsmanning budjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etilgandi.