Toshkentning ayrim tumanlaridagi ba’zi hududlarda elektr energiyasiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ob-havoning keskin isishi natijasida elektr energiyasida yuqori iste’mol kuzatilmoqda.
Natijada elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar hamda taqsimlash qurilmalarida vujudga kelishi mumkin bo’lgan yirik avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahrining jami 7 ta tumanida elektr o‘chirildi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayhontohur, Chilonzor hamda Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida elektr energiyasi mavjud emas.
Cheklovlar elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar va elektr uzatish moslamalarida yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minoti tarqatish punktlari soviganidan so‘ng qayta tiklanadi.
Yoz mavsumida kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.