“Fitch Ratings” reyting agentligi joriy yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozonganidan keyin O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollarini baholadi.
Ta’kidlanishicha, kelgusida O‘zbekistonning kredit reytingi hukumat faoliyati samaradorligi va davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan islohotlarning amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq Shavkat Mirziyoyevning yana 14 yil o‘z lavozimida qolishi davlatning siyosiy javobgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Fitch"ning ta’kidlashicha, hozirgi hukumat islohotlarga sodiq qolmoqda va bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni qurishga harakat qilmoqda.
Xavf sifatida, “Fitch” hukumatning mas’uliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nazorat va muvozanatni ta’minlashda parlament samaradorligining pasayishini ta’kidlaydi.
Shu bilan birga, reyting agentligi Mirziyoyevning prezidentlik muddati uzaytirilishi mamlakatdagi davlat boshqaruvi sifati va institutlar mustaqilligiga ta’sirini oldindan aytib bera olmaydi.
Agentlik tahlilchilari hukumatga Vazirlar Mahkamasi tarkibini qisqartirishni, byurokratiyaga qarshi kurashishni va davlat xizmatida samaradorlik va ishlab chiqarishga asoslangan holda ko‘tarilishning obyektiv tizimini joriy etishni tavsiya qiladi.
“Hukumat institutlar sifatini oshirish, bozor mexanizmlarini joriy etish va davlatning iqtisodiyotdagi muhim ishtirokini kamaytirishga intilmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Yil o‘rtalarida elektr energiyasi va gaz narxlarini liberallashtirish rejalari hukumatning keyingi islohotlarga sodiqligining dastlabki ko‘rsatkichidir.
Iqtisodiy siyosatning kun tartibiga quyidagilar kiradi:
- davlat korxonalarini xususiylashtirish;
- maqsadli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- Moliya vazirligi va Markaziy bank o‘rtasida inflyatsiyani nazorat qilish bo‘yicha iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirishni takomillashtirish;
- 2023−2026 yillarda energetika, transport va ijtimoiy sohalarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun $13,4 mlrd.
Agentlik O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilda 4,7%ga o‘sishini taxmin qilmoqda. O‘sish 2024-yilda 6%ga tezlashadi va 2025-yilda 5,8%ga yetadi.
Iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir sifatida, “Fitch” qisman xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning o‘sishini, Rossiyadan pul o‘tkazmalari oqimining davom etishini va inflyatsiyaning pasayishini ta’kidlaydi, bu esa elektr energiyasi va gaz tariflarini liberallashtirishga yordam beradi.
“YaIM o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni rag‘batlantiruvchi tarkibiy islohotlarni izchil amalga oshirish O‘zbekistonning jon boshiga yalpi ichki mahsulot bo‘yicha iqtisodiyoti o‘xshash mamlakatlar bilan farqini sezilarli darajada qisqartirishga olib keladi”, — deb prognoz qilmoqda “Fitch” iqtisodchilari.
Bundan tashqari, reyting agentligi Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston Rossiya bilan savdo aloqalarini G‘arb davlatlari bilan munosabatlarda muvozanatlashda davom etadi, shu bilan birga, ikkilamchi sanksiyalar ostida qolish xavfidan qochadi, deb umid qilmoqda.
Avvalroq “Spot” “Standard & Poor’s” reyting agentlig yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini 5,4 foiz darajasida prognoz qilayotgani haqida yozgandi.