Prezident farmoni bilan Melibayev Sodir Adilovich Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda Sodir Melibayev zimmasiga buxgalteriya hisobi va hisoboti, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish, to‘lov tizimlari, axborot texnologiyalari hamda respublikada “HUMO” milliy to‘lov tizimi faoliyatining uzluksiz ishlashini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.

Shu kungacha u Markaziy bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sodir Melibayev 1969-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U bank tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega.


2022-yilning oktabrida Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.