Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar belgilanmoqda. Bu haqda “O‘zsuvta'minot"ning matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qarori bilan “Toshkent suv ta’minoti” tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlangan.
Unga ko‘ra aholi uchun ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun 4 ming so‘mdan 7 ming so‘mga oshirilmoqda.
Shuningdek, oqova suv xizmati narxi aholi uchun 700 so‘mdan 850 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun esa 1 300 so‘mdan 1 850 so‘mga oshiriladi.
Mazkur yangi tariflar joriy yilning 20-avgustidan amalda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” hamda “Musaffo obi hayot” tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun ham yangi tariflar belgilandi.
Unga ko‘ra, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” tomonidan yangilangan tariflar:
Ichimlik suvi uchun: | Yangilangan narxlar: |
aholi uchun | 1 050 so‘m |
budjet tashkilotlari uchun | 1100 so‘m |
ulgurji iste’molchilar uchun | 4 000 so‘m |
Oqova suv xizmati uchun: | |
aholi uchun | 300 so‘m |
budjet tashkilotlari uchun | 350 so‘m |
ulgurji iste’molchilar uchun | 2 800 so‘m |
Shuningdek, “Musaffo obi hayot” tomonidan yangilangan tariflar:
Ichimlik suvi uchun: | Yangilangan narxlar: |
aholi uchun | 600 so‘m |
budjet tashkilotlari uchun | 1 000 so‘m |
ulgurji iste’molchilar uchun | 3500 so‘m |
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun | 600 so‘m |
Oqova suv xizmati uchun: | |
aholi uchun | 400 so‘m |
budjet tashkilotlari uchun | 500 so‘m |
ulgurji iste’molchilar uchun | 1 100 so‘m |
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun | 400 so‘m |
Mazkur narxlar 20-avgustdan amal qiladi. Bunda keltirilgan narxlar QQS siz hisoblangan.
“O‘zsuvta'minot” kompaniyasi suv narxlari oshirilishini tizimni modernizatsiya qilishga talab etiladigan xarajatlar zarurligi bilan izohladi.