20 ta vazirlik va idoralarda investitsiya loyihalari ofislari tashkil etiladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha “loyiha ofislari” tashkil etiladi.

Quyida ularning ro‘yxati keltirilgan:

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  • Energetika vazirligi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  • Madaniyat va turizm vazirligi;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  • Transport vazirligi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi;
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
  • Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
  • Tog‘kon sanoati va geologiya vazirligi;
  • Tashqi ishlar vazirligi;
  • Ekologiya, atroh-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi;
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

Shuningdek, bino-inshootlar xarid qilish va ijaraga olish uchun kreditlar Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Sanoat ipotekasi” tizimi asosida ajratiladi.


Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha kurslarda o‘qitiladi

Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

o'zgarishlar, qonunchilik


Davlat organlarida iqtisod qilingan mablag‘lar IT’ni rivojlantirishga yo‘naltiriladi

Davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50%i kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.


Melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarida Hisob-ma'lumotnoma amaliyoti joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun “Hisob-ma'lumotnoma” berish amaliyoti joriy etiladi.


Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishga qaratlgan platforma ishga tushiriladi

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori bilan “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi.

Shuningdek, suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.


Binolarning issiqlik tizimlari DXSh asosida modernizatsiya qilinadi

Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.

Ijtimoiy soha binolarida O‘zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o‘rnatiladi.


Spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha talab kiritiladi

“Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori bilan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.


Tadbirkorlarni noqonuniy hisobdan chiqarganlik uchun javobgarlik belgilanadi

11-avgustdan tadbirkorlarning bankdagi pul mablag‘larini noqonuniy olib qo‘yganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Unga ko‘ra, mazkur holat sodir etilganda BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6 mln 600 ming so‘mdan 13 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.

Qayd etilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, jarima miqdori oshiriladi, shuningdek, jazo choralari qat’iylashtiriladi.

o'zgarishlar, qonunchilik


Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari chiqariladi

Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

Bunda ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlariga ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi.

Ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.


Kontrakt to‘lovlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi

Soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar farzandlarining O‘zbekiston ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu tartib ta’limning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimiga joriy etiladi.


Tibbiyot muassasalarida yangi lavozimlar joriy etiladi

Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagi lavozimlar joriy etiladi:

  • tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida — tibbiy psixolog;
  • statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — suitsidolog;
  • statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

Kompyuter xaridi uchun ajratiladigan mablag‘lar yoshlarning bank kartalariga o‘tkazib beriladi

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.

o'zgarishlar, qonunchilik

Mablag‘lar “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan ajratilishi belgilangan.