Buxoroda sayyohlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bozor “Muhammad Iqbol” ko‘chasida joylashgan bo‘lib, u sayyohlarga haftaning 7 kuni, 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi.

“Bozor xorijliklar uchun moddiy va nomoddiy madaniy meros bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatini beradi”, deyiladi xabarda.

Bu yerdagi inshootlar Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlarining ramziy darvozalari maketi ko‘rinishida qurilgan.

U yerda o‘zbek milliy taomlari tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, suvenirlar sotiladigan do‘konlar, hunarmandchilik rastalari mavjud.

Shuningdek, bozor tematik uslubdagi yoritish moslamalari bilan ta’minlangan.


Avvalroq Buxoroda “Street Food” gastronomik ko‘chasi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.