Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent shaharining Yangihayot tumanidagi ayrim MFYlarda ham gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tumanning “Al Farg‘oniy”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Yorqin Hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Do‘stlik” va “Iqbol” MFYlarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti bo‘lmaydi.
Qayd etilishicha, mazkur hududlarda holi iste’molchilari soni 8 491tani, ulgurji iste’molchilar soni esa 96tani tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, Metro qurilishi sababli D-219 mm yer osti o‘rta bosimli gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlarini bajarish ishlari olib boriladi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.
Avvalroq 27-iyul kuni Olmazor tumanining ayrim mahallalarida vaqtincha gaz ta’minoti o‘chirilishi haqida xabar berilgandi.
Xususan, tumanning “Taraqqiyot”, “Qorasaroy” hamda “Qoraqamish” 1/1, ½, 1/3 mahallalarida iste’molchilarning gaz ta’minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha to‘xtatildi.