Toshkent shahrini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni ko‘paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish shaharni 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Toshkentda qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.

Davlat va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi joriy etiladi.

Bu esa 2027-yilgacha huquqiy eksperiment tarzida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta nomlandi.

Farmon bilan davlat va tadbirkorlar o‘rtasida “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.


Avvalroq Yangi Toshkent shahrini barpo etish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.