28-iyul kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yangihayot tumani: “Yo‘ldosh” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Qo‘yliqobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
Shuningdek, Olmazor tumanining 5 ta mahalla hududlarida elektr energiyasi o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, 28-iyul kuni soat 09:00 dan 14:00 gacha “Qorasaroy”, “Miskin”, “Sag‘bon”, “Achaobod” va “G‘ani A’zamov” mahallalarida elektr energiyasi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Bunga tumandagi “Bibliotechnaya” podstansiyasida avariya sodir bo‘lganligi sabab ekani qayd etilgan.