Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha eksperiment o‘tkazish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktabridan Adliya vazirligi, Davaktiv agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

2024-yildan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” tomonidan monitoring qilinadi.

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdorlari har yili 31-dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.

2023-yil 1-oktabrdan Toshkent shahrida belgilangan obyektlar negizida kompaniya tomonidan loyiha qiymati $1 mln.gacha bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

toshkent, qonunchilik, infratuzilma

Kelasi yilgacha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, 2024-yilning 1-martidan “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta'minot” korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ va “Toshkent shahar gaz ta’minoti” MChJ sifatida qayta tashkil etiladi.

2024-yildan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to‘lov asosida foydalaniladi.


Avvalroq investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilingandi.