“inDrive” transport xizmati Oʻzbekistonda yana oʻz faoliyatini toʻxtatmoqda. Bunga “Spot” muxbiri e’tibor qaratdi.

Bu haqda xizmatning mobil ilovasida ogohlantirish paydo bo‘lgan.

Biroq “inDrive” veb-saytida yoki kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar berilmagan.

“Biz xayrlashishimiz kerak, biroq biz bir kun qaytib kelib, siz va yaqinlaringizga foyda keltirish uchun birga o‘sish va rivojlanishda davom etishimizga umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.

“inDrive” transport agregatoriga (2022 yilgacha — “inDriver”) 2013-yilda yakutiyalik dasturchi Arsen Tomskiy tomonidan asos solingan. Yo‘lovchilarga sayohatlar narxini belgilash imkonini beruvchi xizmat hozirda dunyoning 39 davlatida ishlaydi.

Xizmat O‘zbekistonda birinchi marta 2016-yilda xizmatni yo‘lga qo‘yishga harakat qilishgan, biroq keyinchalik bu bozorda sezilmay qolgan. 2018 yilda kompaniya yana Oʻzbekistonga kirdi.

Uchinchi urinish 2021-yilning kuzida bo‘lib o‘tdi. To‘qqiz oy o‘tib, 2022-yil iyun oyida inDriver Toshkentda kuryerlik xizmatini, jumladan, avtomobil va mototsikl yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Biroz vaqt o‘tgach, xizmat yuk tashish xizmatlarini ishga tushirilishini e’lon qildi.

Bir necha oy oldin “inDrive” o‘zining rus biznesini Qozog‘iston kompaniyasiga o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bir qator manbalarga ko‘ra, servis Rossiya va MDH mamlakatlarida yangi brend — Indels ostida xizmat ko‘rsatadi.


Avvalroq “Spot” Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagani haqida yozgandi.

Hozircha taksi xizmati faqat Toshkent shahrida mavjud. Shuningdek, “Uklon” yetkazib berish xizmatini ham taqdim etadi