Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023−2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi.

Mazkur qarorda oʻtgan oʻquv yilidagi sertifikatlar roʻyxatiga bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi koʻzda tutilgan.

Jumladan, roʻyxatga yangidan qoʻshilgan yoki ustama toʻlash ballari oʻzgartirilgan sertifikatlar:

  1. GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning (bali o‘zgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan o‘zgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);
  2. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlang‘ich ta’lim (Ona tili va adabiyot (O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));
  3. Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
  4. Teaching English as a Second Language (TESL);
  5. SAT subject score (yangidan qo‘shilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);
  6. A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan);

Avvalroq “Spot” yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga har oyda 50%gacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20%ga oshiriladi.