Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston va Misr ishbilarmonlari biznes kengashi tuzilishi haqida ma’lim qilingandi.
Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlar uyushmasi rahbariyati o‘rtasida o‘tgan onlayn uchrashuvda tomonlar Ishbilarmonlik kengashini tuzish haqidagi bitim imzolandi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytirish, o‘zaro tovar aylanmasi va eksport hajmini oshirish, tadbirkorlar ishtirokida biznes forumlar hamda uchrashuvlar o‘tkazish kabilarni muhokama qildi.
Bundan tashqari, Port Said shahridagi EIZlarda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tuzish hamda omborxonalarni ijaraga olish masalalari ko‘rib chiqildi.
MIU raisi Ali Isa mamlakatlarning savdo-iqtisodiy aloqalari va investitsiya hamkorligi kengayib borayotganini ta’kidlab, hamkorlik qilishdan manfaatdorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, u savdo-iqtisodiy va ishbilarmonlik sohasini rivojlantirishda uyushmaning o‘zbekistonlik tadbirkorlar va eksportchi kompaniyalarning misrlik hamkorlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga yordsam berishga tayyorligini bildirdi.
Ali Isaning qayd etishicha, SSP va MIU o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ikki davlat tadbirkorlari va ishbilarmonlarining o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uyushma ijrochi direktori Muhammad Yusuf avgustda Qohirada O‘zbekiston-Misr tadbirkorlari biznes forumini o‘tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Sentabr oyida esa SSP delegatsiyasining safari kutilayotgani, uning doirasida Port Said EIZda O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi va distributsiya markazini tuzish imkoniyatlari o‘rganib chiqilishi, Misr tomoni bu borada yordam ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.
2022-yilda O‘zbekiston-Vetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.