1-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Sohil” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

31-iyul kuni Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yer osti kabel tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi sabab nosozlik yuzaga keldi.

Natijasida mazkur tumanlarning qisman hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.