2-avgust kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi tumanlarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Yakkasaroy tumani: “To‘qimachi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Ibrat” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Qariyb ikki oydan buyon kompaniya elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida tarmoqda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
Avvalroq 2−3-avgust kunlari elektr uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi ma’lum qilingandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Xususan, 2-avgust soat 00:00dan 3-avgust 22:00gacha amalga oshiriladigan profilaktik ishlar davomida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan ajratib qo‘yilmaydi.