O‘zbekistonda mayning-pul faoliyatini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan, deya xabar bermoqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati.
Mazkur hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ekanligi ta’kidlanmoqda.
Joriy yilning iyun oyida agentlik tomonidan mamlakatda kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi.
Bundan maqsad yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun, ta’minlangan tokenlarni chiqarish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali o‘z faoliyatini moliyalashtirish yoki qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, deydi matbuot xizmati rahbari Dilnoza Sobirova.
Hozirga kelib, sohada litsenziya asosida xizmat ko‘rsatish uchun 6 ta xizmat provayderlari ro‘yxatga olingan va ulardan 3,2 mlrd so‘m davlat boji va yig‘imlar to‘lanishi ta’minlangan.
Shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xalqaro xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan aloqalarni o‘rnatish maqsadida, birinchi yarim yillikda 10dan ortiq xalqaro provayderlarga taklif xatlari yuborilgan.
Kripto-aktivlar sohasidagi provayderlarni litsenziyalash tartibi 2022-yil avgust oyida belgilangan edi.
Xizmatlar provayderlari faoliyatining turlari kripto-birja, mayning-pul, kripto-depozitariy va kripto-do‘kondan iborat bo‘lib, xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat O‘zbekiston rezidentlari — yuridik shaxslariga beriladi.
Litsenziya berish talablari bu yerda