E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
Avgust oyi holatiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklar kreditni o‘rtacha 25% yillik stavka asosida taklif etmoqda. Dastlabki to‘lov kamida 15% bo‘lishi kerak.
Mavjud 34 ta bankdan 13 tasida ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin. Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka krediti foiz stavkasi 17%ni, oddiy ipotekada esa eng kam foiz stavkasi — 21%ni tashkil qiladi.
Muddat qancha kam va dastlabki to‘lov qanchalik ko‘p bo‘lsa, yillik foiz stavkasi shuncha kam bo‘ladi.
Bunda ba’zan imtiyozli davr ham beriladi va u ikki oydan ikki yilgacha davom etishi mumkin. Bu vaqt mobaynida qarzdor kredit bo‘yicha faqat foizni to‘lab turishi va qarzning asosiy qismini to‘lamasligi mumkin.
Davlat dasturi bo‘yicha ipotekada maksimal summa Toshkentdagi uylarga 416,5 mln so‘m berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatdagilarga esa 327,2 mln.ni tashkil qiladi.
Ipotekani rasmiylashtirish
Bank bo‘limiga birinchi marta borishdan avval kamida oxirgi 6 oydagi daromadlar to‘g‘risida ma’lumot tayyorlab qo‘ygan ma’qul. U bank xodimi bilan maslahatlashish vaqtida kredit qanday shartlar asosida ajratilishini aniqlash imkonini beradi.
Agar kreditni uzishga mablag‘ yetmaydigan bo‘lsa, hamkor jalb etish mumkin. Ariza beruvchi boshqa kredit bo‘yicha qarzdor bo‘lmasligi lozim.
Agar ipoteka shartlari qarz oluvchini qoniqtiradigan bo‘lsa, navbatdagi qadamga, ya’ni uy tanlash, uy quruvchi yoki mulk egasi bilan dastlabki shartnoma tuzish, mustaqil baholash o‘tkazish va boshqa hujjatlar to‘plashga o‘tish mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- ariza;
- pasport yoki ID karta (arizachi va uning hamkoriniki);
- daromad to‘g‘risidagi ma’lumot (arizachi va uning hamkoriniki);
- uy-joy oldi-sotdi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma;
- kadastr hujjatlari.
Kredit uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati bankning ichki siyosatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Bank hujjatarni ko‘rib chiqib, arizani ma’qullagandan so‘ng qarzdor va bank o‘rtasida shartnoma tuziladi. Bu hujjat asosida uy xaridor nomiga rasman rasmiylashtiriladi, sug‘urta qilinadi va bankka garov rasmiylashtiriladi. Shundan keyingina quruvchi (yoki sotuvchining bank kartasiga) hisobiga pul o‘tkaziladi.
Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka
Bank nomi | Qishloq joylardan | Shaharlardan |
Agrobank | 18% | |
Аsakabank | 17% | |
Аloqabank | 17,5% | |
Ipotekabank | 18% | |
Mikrokreditbank | 18% | |
Orient Finans Bank | 18% | |
Qishloqqurilishbank | 18% | |
Sanoatqurilishbank | 17% | |
Turonbank | 18% | |
Xalq banki | 18% | |
O‘zmilliybank | 18% |
Oddiy ipoteka
Bank nomi | Stavka | Boshlang‘ich to‘lov | Muddat | Birlamchi/ikkilamchi |
Aloqabank | 24% | 25% | 10 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
Asia Alliance Bank | 24% | 51% | 5 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
25% | 30%-50% | |||
Ipotekabank | 25,99% | 26% | 15 yilgacha | ikkilamchi |
Ipak yo‘li banki | 27% | 25% | 7 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
26% | 5 yilgacha | |||
Hamkorbank | 25% | 26% | 10 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
Orient Finans Bank | 25% | 30% | 20 yil | birlamchi/ikkilamchi |
23% | 40% | |||
Poytaxt bank | 23%-27% | 25% | 5 yildan 10 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
Saderat Bank | 25%-26% | 25% | 7 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
Tenge Bank | 23,9% | 50% | 15 yilgacha | birlamchi |
24,9% | 25% | |||
23,99% | 10 yilgacha | ikkilamchi | ||
Xalq banki | 26% | 26% | 15 yil | ikkilamchi |
Ziraat Bank Uzbekistan | 23,5% | 25% | 3 yildan 5 yilgacha | birlamchi/ikkilamchi |
24% | 5 yildan 7 yilgacha | |||
25% | 7 yildan 10 yilgacha | |||
O‘zmilliybank | 21% | 40% | 10 yil | ikkilamchi |
23% | 30% | |||
24% | 25% |
Avvalroq “Spot” 2023-yil iyul oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi so‘mdagi va dollardagi eng daromadli omonatlar bo‘yicha ma’lumot bergandi.